Buyuk Ipak yo‘li orqali o‘tgan turli millatlar va tillar integratsiyasi natijasida ba’zi terminlar bir necha tillarda fonetik va semantik jihatdan bir xil shaklga ega bo‘lgan. Masalan, arab tilidagi jizya yoki fors tilidagi mukus kabi bojxona va yig‘im terminlari Markaziy Osiyo hududida o‘zgarib, mahalliy lingvistik shaklga moslashgan. Shu tarzda, turli hududlar o‘rtasida lingvistik integratsiya yuzaga kelgan, ya’ni terminlarning ma’nosi o‘zaro tushunarli va umumiy funksiyani bajaruvchi shaklga ega bo‘lgan.
Buyuk Ipak yo‘li bojxona tizimida terminlarning madaniy va lingvistik almashuvi katta ahamiyat kasb qilgan. Turkiy tillar, fors, arab va xitoy tillaridagi bojxona terminlari bir-biriga o‘xshash ma’noni bildirgan bo‘lsa-da, fonetik va morfologik jihatdan turlicha shakllangan. Masalan, tamg‘a (soliq belgilash), gavan (port yig‘imi), imta (bojdan ozod qilish) kabi terminlar savdo jarayonida bir-biriga integratsiyalashgan, lekin har bir hududning o‘ziga xos lingvistik va madaniy kontekstiga moslashgan.
Buyuk Ipak yo‘li savdo yo‘lida o‘zbek va turkiy tillarda bojxona terminlarining shakllanishi ham yuzaga kelgan. Xitoy, fors va arab manbalaridan olingan terminlar, masalan, tamg‘a, soliq, bojxona yig‘imi, mahalliy lingvistik tizimga integratsiyalashgan. Shu bilan birga, mahalliy sharoitga moslashgan terminlar bilan differensatsiyalashgan, ya’ni hududiy, madaniy va iqtisodiy kontekstga qarab farqlanib borgan. Buyuk Ipak yo‘li bojxona terminologiyasi ikki asosiy jihat bilan o‘zgargan: birinchisi, lingvistik integratsiya — terminlarning bir nechta tillarda o‘xshash semantik va fonetik shakllarda paydo boishishi; ikkinchisi, hududiy differensiyatsiya — har bir hududda iqtisodiy va siyosiy sharoitga moslashgan mahalliy terminlar shakllanishi. Shu tarzda, savdo yo‘li terminologiyasi nafaqat iqtisodiy, balki lingvistik va siyosiy jihatdan ham boyitilgan.
Buyuk Ipak yo‘li tajribasi shuni ko‘rsatadiki, bojxona terminologiyasi tarixan nafaqat mahalliy, balki xalqaro integratsiya va differensiyalashuv jarayonlarining natijasi sifatida rivojlangan. Bu esa zamonaviy tilshunoslik va terminologiya ilmida o‘zbek tilidagi bojxona terminlarini tizimlashtirish va xalqaro standartlarga moslashtirish uchun qimmatli manba bo‘lib xizmat qiladi.